Pedagogika yoʻnalishi 3-4-bosqich talabalari maktabgacha taʼlim tizimida ishlashi mumkin

Foto: Illustrativ surat
Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar davlat maktabgacha taʼlim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Bu haqda Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda ularga oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Unga koʻra, Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish haqi malaka toifasi va maʼlumotiga qarab belgilangan.
— Oliy toifali pedagoglar uchun 1 million 375 ming;
— Birinchi toifali pedagoglar uchun 1 million 296 ming;
— Ikkinchi toifali pedagoglar uchun 1 million 214 ming:
— Oliy maʼlumotli pedagoglar uchun 1 mllion 133 ming.
Shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofir oshirilgandan Maktabgacha taʼlim xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy taʼrif stafkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirli va Moliya vazirligi kelishgan holda tasdiqlanadigan buyrugʻi asosida tegishli miqdorda oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring