Pastdargʻomda 13000 AQSH dollari evaziga fuqaroga yer olib bermoqchi boʻlgan DSI mansabdori va fermer qoʻlga olindi

15:04 18 May 2021 Jamiyat
257 0

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, 2021-yil 17-may kuni Pastdargʻom tumani Davlat soliq inspektori lavozimida ishlovchi B.J. va fermer xoʻjaligi raisi hisoblangan X.B., «Pavloniya» koʻchatini ekish niyatida yurgan fuqaroga Pastdargʻom tumanidan 15 gektar yer maydonini 13.000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, undan soʻralgan pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritayotgan vaqtida, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX ning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?