Pastdargʻom tumani buyum bozorida janjal qilganlar kim edi?

18:15 03 Dekabr 2021 Jamiyat
597 0

Foto: "Xalq so'zi"

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2021-yil 24-noyabr kuni Pastdargʻom tumani “Qatorterak” mahallasida yashovchi fuqaro A.B. Pastdargʻom tumanidagi buyum bozorida tanishi N.S.ni koʻrib qolib, oʻzaro tortishib qolishi natijasida ular oʻrtasida janjal yuzaga kelgan.

Janjal davomida, A.B. N.S.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?