Past Dargʻomda mikro GES qurilib, ishga tushirildi.

15:01 20 Avgust 2020 Iqtisodiyot
596 0

Samarqand viloyatida muqobil energiyadan foydalanish imkoniyatlari oshmoqda.

Jumladan, Past Dargʻom tumanidagi “Samarqand GESlar kaskadi” korxonasi negizida qoʻshimcha 3 ta 220 kVt va 2 ta 230 kVt.li generatorlarga ega boʻlgan mikro GES qurib ishga tushirildi. Bu bilan qoʻshimcha 1120 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati paydo boʻldi.

Kelajakda shu kabi mikro GESlar orqali elektr energiyasi olish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish kutilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?