Parrandachilik bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligini sarson qilgan muammo hal etildi

14:28 25 Yanvar 2023 Jamiyat
165 0

Foto: Illustrativ foto

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi “The Farm” (nomi oʻzgartirilgan) fermer xoʻjaligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi xodimlarining xatti-harakatidan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, fermer xoʻjaligiga 2015-yilda hokim qarori bilan yer maydoni ajratilgan va mazkur yer maydonida parrandachilik yoʻnalishida faoliyat yuritilib kelingan. Shunga qaramasdan fermer xoʻjaligiga tegishli yer maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydoni toifasida turganligi aniqlangan.

Vaholanki, yer kodeksining 46-moddasiga koʻra fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar berilishi belgilab qoʻyilgan.

Fermer xoʻjaligiga ajratilgan 21 300 kvadrat metr yer maydoni “Koʻchmas mulk-3” elektron dasturga noturar joy sifatida kiritilganligi bois, katta miqdorda yer soligʻi hisoblanib, tadbirkorning hisob raqami vaqtincha yopib qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, fermer xoʻjaligining muammosi joyiga chiqqan holda hal etildi va unga tegishli boʻlgan yer maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanadigan yer maydoni toifasiga oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер