Parrandachilik - Beshariq tuman iqtisodiyoti drayveri

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Beshariq tumanida xalqimiz tomonidan “Yetti xazinaning biri” deya taʼrif etiladigan tarmoqlardan biri – parrandachilik hudud iqtisodiyotining asosiy drayveri hisoblanadi. Bu yerdagi “Beshariq parranda”, “Zarqaynar durdonasi” MCHJ kabi oʻnga yaqin parrandachilik korxonalarida hamda yuzlab aholi xonadonlarida yetishtirilayotgan tuxum va parhez goʻsht mahsulotlari nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham chiqarilmoqda.
Hozirgi kunda “Zarqaynar durdonasi” MCHJda 70 mingta tovuq parvarishlanadi va goʻsht ishlab chiqarish yillik quvvati 500 tonnani tashkil etadi. “Beshariq parranda” MCHJda esa 10 mingdan ziyod «Ross-308» naslli ona tovuqlar, 70 mingta joʻja parvarishlanmoqda.
— Parrandachilik sohasida klaster tizimi joriy etilib, ozuqa bazasini shakllantirish, omuxta yem tayyorlash, tuxum qadoqlash idishlari ishlab chiqarish, emlash jarayonlarini tashkil etish kabi barcha yoʻnalishlar birlashtirilyapti. Oʻz navbatida sohaga ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar keng joriy etilyapti, — deydi “Vodiy naslli parranda” fermer xoʻjaligi rahbari Bohirjon Turdaliyev. — Bu borada Germaniyaning “Helmann” kompaniyasi texnologiyasi asosida parranda boqishni yoʻlga qoʻyib, tovuqlarning tuxum berish muddatini 18 oydan 23 oyga uzaytirishga hamda tuxum berish darajasini 25 foizgacha oshirishga erishdik.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring