Parlamentlararo Ittifoq raisligiga saylovlar boshlandi. Unda Oʻzbekiston vakili nomzodi ham bor

2020-yilning 1-noyabr kuni dunyo mamlakatlari parlamentlarini birlashtirgan, 130-yildan ortiq tarixga ega xalqaro tashkilot — Parlamentlararo Ittifoq raisligiga onlayn saylovlar boshlandi.
Ushbu nufuzli parlamentlararo xalqaro tashkilotga raislik qilish uchun toʻrtta mamlakat parlamenti vakili daʼvogarlik qilmoqda. Ular orasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidovning ham nomzodi bor. Saylovda Oʻzbekistondan tashqari Pokiston, Portugaliya, Kanada vakillarining nomzodlari koʻrsatilgan boʻlib, har bir nomzod ittifoqqa aʼzo 179 davlat vakillariga oʻzlarining dasturlarini bayon qildilar.
Saylov jarayoni Toshkent vaqti bilan 19.00da boshlandi va 24 soat davom etadi. Har bir davlatga 3 tagacha ovoz berish imkoniyati berilgan. Saylovlarda 50 foiz ovoz toʻplagan nomzod Parlamentlararo Ittifoq raisligiga saylanadi. Nomzodlarning hech biri 50 foizgacha ovoz toʻplay olmasa, saylovning ikkinchi turi oʻtkaziladi va aʼzo davlatlar eng koʻp ovoz toʻplagan ikki nomzoddan birini tanlaydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring