Parlament palatalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

15:42 14 Iyul 2022 Siyosat
475 0

2022-yil 14-iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmonini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF‒164-son Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” soʻzlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” soʻzlari bilan almashtirilmoqda.

Majlisda Oliy Majlis palatalarining ushbu Farmonni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori qabul qilindi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi oʻz ishini yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?