Parkentlik ayollar nimadan norozi?

18:53 21 Yanvar 2022 Jamiyat
442 0

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati, Parkent tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlash xizmati xodimlari ishsiz qolayotgani yuzasidan murojaat yoʻllagan edi.

Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

2021-yil 6-iyundagi “Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorga asosan Angren shahridagi Krasnogorsk qoʻrgʻonining yer chegaralari Toshkent viloyatining Parkent tumani tasarrufiga oʻtkazilgan.

Natijada hududda faoliyat yuritib kelgan sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlash xizmatining Angren shahar boʻlimi, Krasnogorsk qoʻrgʻoni shifoxonasi, "Krasnogorsk shahargaz" boʻlimi faoliyati toʻxtatilib, 60 dan ortiq xodim ishsiz qolgan. Ushbu masala yuzasidan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik qoʻmitasi raisi M.Qodirxonova tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Murojaat qoʻmita tomonidan nazoratga olinib, holat tegishli vazirlik va idoralar, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻrganilmoqda.

Bu holat boʻyicha qoʻshimcha axborot eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер