Parkentda 4,3 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan ishlab chiqarish sexi fosh qilindi
Parkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumanida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, tuman hududida joylashgan “A. I.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexida hisoblagichning ichki ehtiyot qismlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi fosh qilingan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati oqibatida 4 milliard 387 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring