Parkentda 14 yoshli yigit togʻasining oʻgʻlini otib qoʻydi

12:15 05 Avgust 2022 Jamiyat
398 0

Foto: Arxiv surat

Maʼlumotga koʻra, 2-avgust kuni 2008-y.t. fuqaro E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi togʻasining uyiga mehmonga kelgan. U yerda 2007-y.t. M.T. (togʻasining oʻgʻli) bilan qushlarni ovlash maqsadida togʻasiga tegishli boʻlgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. Shundan soʻng 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan oʻq otib 15 yoshli M.t. ni chap koʻkrak sohasiga tan jarohati yetkazgan. Natijada fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, Zangiota tumani va Yangiyoʻl shahrida ham Bosh boshqarma masʼul rahbarlari boshchiligida shu kabi jinoyat muhokamasi oʻtkazilib, “qizil” toifaga kirgan mahalla aholisi va yoshlari bilan profilaktik uchrashuv tashkil qilingan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?