Parkent tumanida 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

21:56 18 Iyul 2021 Jamiyat
779 0

Joriy yilning 17-iyul kuni soat 15:00larda Toshkent viloyati, Parkent tumani, «Parkent-Kumushkon» yoʻlida haydovchi, 1990-yilda tugʻilgan M.A. “HOVO” rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yoʻqotgan va natijada:

1) haydovchi M.M. boshqaruvidagi “GAZ-24”;
2) haydovchi F.R. boshqaruvidagi «Spark»;
3) haydovchi A.R. boshqaruvidagi»Neksiya»;
4) haydovchi B.T. boshqaruvidagi «Spark»;
5) haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi «Lasetti»;
6) haydovchi Z.M. boshqaruvidagi «Gazel»;
7) haydovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomobillar bilan toʻqnashib YTH sodir etgan.

Natijada, “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yoʻlovchilariga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?