Parkent tibbiyot birlashmasi binosini taʼmirlash uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi

Foto: Arxiv surat
Xabaringiz bor, Oliy Majlis Senatining har bir yalpi majlisida senatorlarning hududlarda olib borgan oʻrganishlari, ushbu oʻrganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar, aholi vakillarini qiynayotgan muammolar Hukumat vakillari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinadi.
Xususan, Oliy Majlis Senatining 33-yalpi majlisida senator Mahmud Toir Toshkent viloyatining Parkent tumanining minglab aholisini qiynab kelayotgan muammoni koʻtargan edi. Senator oʻz murojaatida, tuman tibbiyot birlashmasi (tugʻruq boʻlimi binosi) maʼnan eskirgani bois, mukammal taʼmirlash uchun dasturga kiritilganligini, buning uchun davlat byudjetidan jami 7,4 mlrd soʻm ajratilishi koʻzda tutilganini, mazkur mablagʻning 2 mlrd 400 mln soʻmi 2022-yilda ajratilganini, ammo mablagʻ yetishmovchiligi bois taʼmirlash ishlari joriy yilda yakunlanmay qolayotganini aytib oʻtgan edi.
Shuningdek, senator ushbu ijtimoiy obyekt muhim ahamiyatga ega ekanligi, aholi eʼtirozlarini bartaraf etish maqsadida qurilish loyihasi uchun ajratilishi koʻzda tutilgan 5 mlrd soʻm mablagʻni joriy yilda ajratilishida amaliy yordam berilishini soʻralgan edi.
Oʻz navbatida, mazkur masala Senat Raisining nazoratiga olinib, Toshkent viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya va Sogʻliqni saqlash vazirliklariga murojaat qilindi.
Natijada mazkur obyektni moliyalashtirish masalasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilib, Parkent tumani tibbiyot birlashmasi (tugʻruq boʻlimi binosi)ni mukammal taʼmirlash uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ shu yilning oʻzida ajratilishi belgilanib, fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring