Parkent, Angren va Ohangaron togʻli hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti keldi — Prezident

15:18 22 Sentyabr 2022 Siyosat
349 0

Foto: president.uz

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Turizm sohasining holati tahlil qilinar ekan, turistlarning 80 foizi Boʻstonliq tumaniga borishi, boshqa tumanlarda infratuzilma va xizmatlar past darajada ekanligi, ichki va xorijiy turistlar soni 1,5 million nafarga ham yetmasligi taʼkidlandi.

Prezident turizm xizmatlarini koʻrsatishda asosiy yuk Boʻstonliq tumaniga tushayotgani, shu bilan birga Boʻstonliqda boshlangan loyihalar natijasi hali koʻrinmagani, loyihalar oʻz holiga tashlab qoʻyilganini taʼkidladi.

Parkent, Angren va Ohangaron togʻli hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti keldi, dedi davlatimiz rahbari.

Viloyatning har bir tuman va shahar hokimiga bir oy muddatda oʻz hududida turizmni qanday rivojlantirishi boʻyicha aniq ish rejasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Xorijiy ekspertni jalb qilib, viloyat turizmini rivojlantirish “master-reja”sini ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?