Parijga yoʻl Toshkentdan boshlanadi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi U-23 Osiyo kubogi saralash oʻyinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarning nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi qurʼa natijasidan soʻng oʻrin oladigan guruh uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida oʻtkaziladi. Oʻyinlar joriy yilning 4-12-sentyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu bosqich Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻlidagi dastlabki saralash turniri hisoblanadi. Unga qurʼa tashlash marosimi 25-may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida oʻtkaziladi. Musobaqaning final bosqichi 2024-yili Qatarda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring