Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston 15-oltin medaliga ega boʻldi

15:09 09 Oktyabr 2018 Sport
1432 0

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlarining uchinchi kungi musobaqalari davom etmoqda. Bugungi kun ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.

Bugun boʻlib oʻtgan dzyudo bahslarida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasining uch nafar aʼzosi medallarni qoʻlga kiritdi. Ularning biri oltin, qolgan ikki nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.

-81 kg vaznda gilamga chiqqan Nurbek Mirzayev barcha raqiblarini yengib finalga chiqdi. Finalda u xitoylik Li Jungminni yengib, oltin medal sohibiga aylandi. Ayollar oʻrtasida -57 kg vazn toifasida finalda kurashgan Nafisa Sheripboyeva xitoylik Lin Jilianga magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, erkaklar oʻrtasida -73 kg vazn toifasida Feruz Saidov finalda janubiy koreyalik Sung Jun Yangga qarshi jang qildi. Afsuski Saidov jang vaqtida jarohat olishi natijasida kumush medal bilan kifoyalandi.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston terma jamoasi 15ta oltin, 7ta kumush, 3ta bronza, jami 25 ta medallar bilan umumjamoa hisobidagi reytingda uchinchi oʻrinda bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?