Paraosiyo oʻyinlari. Jakartada Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi

18:11 05 Oktyabr 2018 Sport
1854 0

Xabaringiz bor, ertaga Indoneziyada III Paraosiyo oʻyinlari rasman start oladi. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi musobaqa oʻtkaziladigan mamlakatga katta tayyorgarlik bilan yetib borgan. Asosiy musobaqalar boshlanishiga ikki kun qolganida hamyurtlarimiz navbatdagi rasmiy tadbir – ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini koʻtarish marosimida qatnashishdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi vakillari, murabbiylar va sportchilarimiz ishtirok etishdi. Vatanimiz madhiyasi sadolari ostida bayrogʻimiz koʻtarildi. Endi Jakartadagi Paralimpiya shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi ham hilpirab turibdi. Marosim davomida Vatanimiz bayrogʻi bilan bir qatorda Singapur, Livan, Yaman va Moʻgʻuliston bayroqlari ham koʻtarildi.

Tadbir yakunida Paralimpiya shaharchasi meri Rafik Hakim Radinal delegatsiyalar rahbarlariga esdalik sovgʻalarini topshirdi. Oʻz navbatida Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi nomidan mezbonlarga atalgan esdalik sovgʻasi tuhfa qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?