Paraosiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik suzuvchilar ketma-ket beshta medalni qoʻlga kiritdi!

18:58 08 Oktyabr 2018 Sport
1900 0

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari davom etmoqda.

Oldinroq, Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Yengil atletika dzyudo kabi sport turlarida koʻplab medallarni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergandik.

Kunning ikkinchi yarmida oʻzbekistonlik suzuvchilar terma jamoa hisobiga ketma-ket medallar shodasini taqdim etishdi. 100 metrga erkin usulda suzishning erkaklar oʻrtasidagi bahslarida faqat oʻzbek sportchilari shohsupadan oʻrin olishdi. Islam Aslanov marraga birinchi boʻlib yetib keldi va oltin medal qoʻlga kiritishi barobarida Paraosiyo oʻyinlari rekordini ham oʻrnatdi. Undan keyingi oʻrinlarni mos ravishda Muzaffar Tursunxoʻjayev va Dmitriy Xorlin egalladi. Huddi shu yoʻnalishning ayollar oʻrtasidagi bahslarida Fotimaxon Omilovaga teng keladigan raqib topilmadi. Kumush medalga esa Shohsanamxon Toshpoʻlatova ega chiqdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasining Paraosiyo oʻyinlaridagi medallari soni 20taga yetdi. Ularning 12tasi oltin medal boʻlsa, kumush medallar soni 5tani tashkil qilmoqda. Terma jamoa shuningdek yana 3ta bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Medallar umumiy soni boʻyicha reytingda Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoy va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi oʻrinni egallab turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?