Paraosiyo oʻyinlari-2018. Oʻzbekiston delegatsiyasi navbatdagi medallarini qoʻlga kiritdi

13:36 10 Oktyabr 2018 Sport
1887 0

Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtayotgan III yozgi Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Bugun, 10 oktyabr kungi bahslarda ilk medalni yengil atletikachimiz Temurbek Gʻiyosov keltirdi. U balandlikka sakrash bellashuvida eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 100 metrga ayollar oʻrtasida yugurish bahslarida Sabina Suxanova marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Dzyudoda vazni 70 kilogrammgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Vasila Alibayeva oltin medalga sazovor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 9 oktyabr kuni paralimpiyachilarimiz yengil atletika, suzish va dzyudo kabi sport turlarida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 medalni qoʻlga kiritdi.

Musobaqada yengil atletika, suzish va dzyudo boʻyicha bahslar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?