Paralimpiya oʻyinlari ochilishida kimlar bayroqdorimiz boʻlishi maʼlum qilindi

Xabar berganimizdek, bugun Oʻzbekiston paralimpiya sport delegatsiyasi aʼzolari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga joʻnab ketishdi. Shu munosabat bilan Milliy paralimpiya qoʻmitasida vakillarimizni tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.
Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov para yengil atletikachilarimiz – Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishini eʼlon qildi.
Eslatib oʻtamiz, XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida vatanimiz sharafini 48 nafar para atlet himoya qilishadi. Ular jami 55 ta medal uchun kurashadi. Musobaqa esa shu yil 24-avgustdan 5-sentyabrga qadar oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring