Para taekvondochilarimiz Osiyo ochiq chempionatida 7 ta medal qoʻlga kiritishdi

21:42 19 May 2024 Sport
1149 0

Foto: O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi

17-19-may kunlari Vyetnamning Danang shahrida para taekvondo boʻyicha Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada 7 nafar sportchimiz gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi:

Jumladan, Guljanoy Naimova (+65 kg) oʻz vazn toifasida oltin, Kamola Joʻrayeva (-57 kg) kumush, Ziyoda Isoqova (-47 kg), Zuxriddin Tohirov (-63 kg), Lochin Xoliqov (-70 kg), Qudrat Muhammadiyev (-80 kg) va Asad Toshtemirov (+80 kg) bronza medallariga sazovor boʻldi.

Dunyoning 27 davlatidan para taekvondochilar ishtirok etgan ushbu musobaqani terma jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinda yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер