Para taekvondo: Jahon chempionatini oltin va bronza medallari bilan boshladik!

12:25 23 Sentyabr 2023 Sport
308 0

Meksikaning Verakrus shahri mezbonligida oʻtayotgan para taekvondo jahon chempionatining dastlabki kunida vakillarimiz 2 ta medalga sazovor boʻlishdi.

Jumladan, ayollar oʻrtasida -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova oltin, erkaklar oʻrtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, bu galgi dunyo birinchiligida sayyoramizning 90 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ortiq para taekvondochi ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер