Para suzish: Fransiyada oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqadan xushxabarlar kelishi davom etmoqda

10:14 29 May 2023 Sport
519 0

Para suzish boʻyicha Fransiyada boʻlib oʻtayotgan jahon seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqadan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.

Jumladan, erkaklar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz shoxsupaga koʻtarildi. Bu yoʻnalishda Islam Aslanov kumush, Muzaffar Tursunxoʻjayev esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shuningdek, yoshlar oʻrtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida hamyurtimiz Azizbek Boynazarov marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qoʻshtirib qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?