Para suzish bo‘yicha Manchesterda davom etayotgan Jahon chempionatidan yana bir xushxabar! 

15:48 05 Avgust 2023 Sport
941 0

Erkaklar o‘rtasida S13 klassida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida startga chiqqan hamurtimiz Islam Aslanov 23.78 soniya vaqt bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va navbatdagi kumush medalini qo‘lga kiritdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Islam Aslanov bundan avvalroq ushbu Jahon chempionatining 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ham kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер