Para atlet Yoqutxon Xolbekova ichki ishlar tizimiga ishga qabul qilindi

17:14 29 May 2024 Sport
681 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Jizzaxlik para atlet Yoqutxon Xolbekova shu yilning 17-25-may kunlari Yaponiyaning Kobe shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgandi. U ushbu natijasi bilan “Parij-2024” yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmasiga ham ega chiqqandi.

Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Yoqutxon endilikda ichki ishlar organlari xodimlari safiga qabul qilindi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general mayor Gʻayrat Qodirov sportchining xonadonida boʻlib, uning yutuqlari bilan qutladi va Yoqutxon Xolbekovaga ichki ishlar boshqarmasi, jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya boʻlimi xodimi ekanligini tasdiqlovchi guvohnomani topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер