Pandemiyaning shiddatli toʻlqini Gʻarbdan Sharqqa koʻchmoqda
Soʻnggi ikki hafta ichida Yevropaning olti davlatida koronavirus bilan kasallanganlar soni ikki baravar koʻpaydi. Endi “omikron”ning shiddatli toʻlqini Sharq tomon siljishi kutilmoqda. Kecha JSSTning Yevropa boʻyicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge shu haqda bayonot berdi.
Chindan ham, keyingi paytlarda antirekord koʻrsatkichlari asosan Gʻarb davlatlarida qayd etilayotgandi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oy avval kunlik kasallanishlar 220 mingdan oshib ketgan boʻlsa, hozir sutka davomida 40-50 ming atrofida yangi holatlar qayd etilyapti.
Fransiyada ikki yarim hafta ichida COVID-19ni yuqtirish koʻrsatkichlari 500 mingdan 90 mingga tushdi. Xuddi shunday Italiyada 25-yanvarda 210 mingdan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan boʻlsa, ayni paytda bu raqamlar qariyb 4 barobar kamaygan.
Osiyoning baʼzi davlatlarida esa aksincha, vaziyat teskari tus olyapti. Misol uchun, Yaponiyada bir hafta oldin kunlik xastalanishlar soni 100 mingdan oshdi. Janubiy Koreyada esa kecha 90 mingta yangi holat roʻyxatga olindi.
X. Klyugening fikriga koʻra, “omikron” toʻlqinidan soʻng dunyoda SOVID-19 pandemiyasining oʻtkir bosqichi tugashi mumkin. Bu bir nechta omillarga bogʻliq.
Masalan, qish mavsumining tugashi bilan odamlar ochiq havoda koʻproq vaqt oʻtkaza boshlaydi. Bu esa kasalallanish xavfini birmuncha kamaytirishi tabiiy. Qolaversa, toʻliq bosqichda va buster dozada emlanganlar soni ortishi ham epidemiologik vaziyatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Biroq JSST vakilining aytishicha, dunyoda emlashning yuqori darajasiga hali erishilgani yoʻq. Bu esa koronavirusga qarshi kurashish jarayonini yanada murakkablashtirmoqda
“Pandemiyaning oʻtkir bosqichidan chiqishga harakat qilyapmiz, biroq yil oxirida kasallik yana avj olishi ehtimoli katta, — deydi Klyuge. — Chunki virus qancha keng tarqalsa, yangi mutatsiyalarning paydo boʻlish xavfi shunchalik ortaveradi. Ammo biz bunga yoʻl qoʻymasligimiz kerak”.
JSST Yevropa mintaqaviy byurosi mutaxassisi doktor Oleg Benesh ham shu fikrni qoʻllab-quvvatlab, qoʻshimcha dozada emlanishni “omikron”ga qarshi eng samarali vosita, deb atadi.
Tashkilot ekspertlarining ogohlantirishicha, dunyoda vaziyat hamon xavotirli. Shu bois odamlar yopiq, tor va aholi gavjum joylarda ehtiyot choralarini unutmay, ijtimoiy masofa saqlash, tibbiy niqob taqish qoidalariga amal qilishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring