Pandemiya va global inqiroz oqibatlariga qaramasdan, Raislik rejasini birgalikda toʻliq amalga oshirishga muvaffaq boʻldik — Shavkat Mirziyoyev

12:58 16 Sentyabr 2022 Siyosat
528 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Qadimiy va mehmondoʻst Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlarini, faxriy mehmonlarimiz va xalqaro tashkilotlar vakillarini shaxsan qabul qilish sharafiga muyassar boʻlganimdan mamnunman”, dedi Prezidentimiz soʻzining avvalida.

Shavkat Mirziyoyev anjumanda birinchi marotaba ishtirok etayotgan davlat rahbarlari – Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedovni samimiy qutladi.

Oʻzbekiston SHHTga raislik davrida tashkilot doirasidagi amaliy hamkorlikni faollashtirish, uning salohiyati va xalqaro nufuzini oshirishga intilgani taʼkidlandi.

Xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ustuvor eʼtibor qaratildi. Tashkilot faoliyatining barcha sohalarida koʻplab tashabbuslar amalga oshirildi.

«Pandemiya va global inqiroz oqibatlariga qaramasdan, Raislik rejasini birgalikda toʻliq amalga oshirishga muvaffaq boʻldik. 80 dan ortiq yirik tadbirlar oʻtkazildi. Hamkorlikdagi saʼy-harakatlarimiz bugun qabul qilingan 40 dan ortiq hujjatda oʻz ifodasini topgan», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?