Pandemiya tufayli kredit bilan bog‘liq nizolar soni ortgan

11:58 12 Noyabr 2021 Jamiyat
2034 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Andijon viloyatida sudlar faoliyati tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq nizolar joriy yilning shu davriga qadar o‘tgan yillarga nisbatan 6 ming 315 taga ortgan. Ko‘rib chiqilgan 6 ming 265 ta ishlar natijasida 228 mlrd. 666 mln. 450 ming so‘mdan ziyod kredit qarzdorligi, 11 mlrd. 302 mln. 421 ming 328 so‘mlik davlat boji undirilgan.

-Ushbu yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarning keskin ortishiga respublikamizda hukm surgan pandemiya davridagi karantin holati ham sabab bo‘ldi, - deydi Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha  sudlov hayʼatining raisi Shoyadbek Mirzayev.-Bu davrda  isteʼmolchilardan kredit mablag‘lari undirilishi vaqtincha to‘xtatilgan. Biroq bu qarzdorlikni  so‘ndirishga sabab bo‘lolmaydi.

Bugungi kunga kelib sud idoralari fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotgan tuzilmalardan biriga aylanmoqda. Ishlarning deyarli teng yarmi sayyor sud shaklida bevosita xalq orasida ko‘rib chiqilayotgani bunda muhim o‘rin tutmoqda. Qolaversa, manzillarda huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilmoqdaki, bu aholi o‘rtasidagi qonunbuzilish holatlarining oldi olishga xizmat qiladi.

 

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?