Pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

09:14 20 Avgust 2021 Jamiyat
169 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirish maqsadida, xorijda ishlab chiqarilgan 287 quti “Remdisivir-Rameda 100 mg Vial 20 ml” nomli dori vositalarini har bir qutisini 52 AQSH dollaridan hisoblab jami 14 924 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining umumiy bahosi 120 mln soʻmni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?