Pandemiya paytida dunyo boʻylab qancha tibbiyot xodimi vafot etgani maʼlum boʻldi

00:53 25 May 2021 Dunyo
2768 0

Pandemiya paytida dunyo boʻylab kamida 115 ming nafar sogʻliqni saqlash xodimi vafot etdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus 74-Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasidagi nutqida shunday maʼlumotni keltirdi. U hozirga qadar bu hisobot yakuniy emasligini taʼkidlab, bu minimal raqamlar ekanini aytib oʻtgan.

Shuningdek, Gebreyesus har bir mamlakat aholisining 10 foizini sentyabrgacha, yil oxiriga qadar 30 foizini emlashga chaqirib, bu maqsadga erishish uchun kambagʻal mamlakatlarda 250 million kishini emlash zarurligini taʼkidladi.

“Tibbiyot xodimlari va xavf guruhlari. Biz ularni vaksina bilan taʼminlashimiz kerak”, deydi JSST rahbari.

Shu bilan birga, u vaksinalarni tarqatish bilan bogʻliq virusga qarshi kurashni susaytirayotganini aytib oʻtdi.

Gebreyesusning aytishicha, aniqlangan COVID-19 kasalliklari soni oʻtgan yil davomida barcha koʻrsatkichlardan oshib ketdi va hamma narsa shuni anglatadiki, yaqin kelajakda oʻlimlar soni ham 2020-yilda qayd etilgan raqamdan oshadi.

74-Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi 24-may kuni onlayn tarzda boshlandi va 1-iyungacha davom etadi. Assambleya ishtirokchilari asosiy eʼtiborini koronavirusga qarshi kurash va potensial xavfli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?