“Paxtakor” afsonasi 78 yoshga toʻldi
U bolaligida erkin kurash bilan shugʻullanib, Oʻzbekiston chempionatiga aylangan. Biroq, keyinchalik futbolga boʻlgan mehr kuchlilik qilgan
Bugun “Paxtakor” futbol klubining tirik afsonasi, Oʻzbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri Birodar Abduraimov oʻzining tavallud kunini nishonlamoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Birodar Hasanovich Abduraimov 1943-yilning 14-mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning bolalikdan sportga mehri boʻlakcha edi. Dastlab u erkin kurash bilan shugʻullanib, kichik oʻsmirlar oʻrtasida mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. Biroq, millionlar oʻyini futbolga boʻlgan qiziqishi kuchlilik qilgan va u 17 yoshidan «Paxtakor”ning asosiy tarkibida maydonga tushishni boshlagan. Debyut uchrashuvida “Qayrat” darvozasini ishgʻol qilib, muxlislar mehrini qozongan. “Paxtakor” uchun umumiy hisobda rekord miqdordagi oʻyinlarni oʻtkazgan – 358ta.
Shuningdek, faoliyati mobaynida «Spartak», SSKA va “Meliorator” klublari sharafini ham himoya qilgan.
Murabbiylik faoliyatida Oʻzbekistonning bir qator jamoalarida ishlagan. 1994-yilgi XII yozgi Osiyo oʻyinlarida milliy terma jamoamiz gʻalaba qozongan tarkibda Birodar Hasanovich murabbiylar shtabidan oʻrin olgan. “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “Shuhrat” medali sohibi.
Abduraimov 1968-yilda sobiq Ittifoq chempionati oliy ligasi, 1972-yilda esa sobiq Ittifoq chempionati birinchi ligasi toʻpurariga aylangan. Sobiq Ittifoq chempionatida jami 106ta gol urib, Grigoriy Fedotov klubi aʼzosiga aylangan» deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring