Paxta toʻqimachilik klasteri Olotda zamonaviy korxonani foydalanishga topshirdi

12:36 07 Aprel 2021 Iqtisodiyot
236 0

«Parvoz Xumo Ravnaq Trans» MCHJ paxta toʻqimachilik klasteri tomonidan Olot tumanida 6 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ evaziga zamonaviy yogʻ-moy zavodi qurilib foydalanishga topshirildi.

— Zavodimizda xorijdan xarid qilingan unumdorligi yuqori texnologik liniyalar oʻrnatilgan, — deydi korxona rahbari Toʻymurod Mamatov. — Endilikda tumanimizda yetishtirilgan paxta xom ashyosining chigiti shu yerda qayta ishlanadi. Tayyor mahsulotning asosiy qismi eksportga yoʻnaltiriladi.

Biznes loyihani roʻyobga chiqarishda moliyaviy muassasa tomonidan ajratilgan 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi kredit asqotdi.Yangi korxona sharofati bilan tumandagi 150 nafar ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlandi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?