Paxta terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi

16:17 28 Sentyabr 2020 Jamiyat
388 0

Shu kunlarda Senat aʼzolaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda paxta mavsumida majburiy mehnatning oldini olish jarayonlari oʻrganilmoqda.

Ishchi guruhi aʼzolari, shu jumladan, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B.Sayfullayev hamda parlament yuqori palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator M.Kadirxanova Toshkent viloyatining Bekobod, Ohangaron va Piskent tumanlaridagi paxta yigʻim-terimi jarayoni va terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida terimchilar sogʻligʻini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda paxta mavsumida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik masalalariga urgʻu berildi.

Shu bilan birga, hududlarda majburiy mehnatga oid holatlarni oʻrganish, majburiy mehnatga barham berish borasidagi olib borayotgan saʼy-harakatlar toʻgʻrisida soʻz yuritilib, aholi murojaatlari ham koʻrib chiqildi. Shuningdek, eng ilgʻor paxta terimchilarga esdalik sovgʻalari ulashildi.

Yana bir jihat. Paxta dalalarida shifokorlar tomonidan doimiy tibbiy xizmat koʻrsatilayotir. Bu esa terimchilarning salomatligini muntazam nazorat qilib borishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi Piskent tumaniga tashrifi doirasida 79-sonli maxsus maktab-internatida boʻlib, muassasada tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya olishi va istiqomat qilishi uchun yaratilgan sharoitni koʻzdan kechirdi. Mazkur maktab-internatida 2020-2021 oʻquv yilida 263 nafar bola tarbiya olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?