Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi oʻtkaziladi

14:57 13 Iyul 2023 Sport
689 0

Foto: Arxiv surat

“Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–223-son, 12.07.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024-yil Xivada:

— martda “Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri;

— may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi oʻtkaziladi.

2023–2024-yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

— “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;

— Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;

— “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.

Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida oʻzbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qoʻllanma ishlab chiqiladi.

2023-yil oktyabrda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati boʻylab infotur tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?