Ozodbek Nazarbekov oʻzini mashhurlik darajasiga olib chiqqan shoirning holidan xabar oldimi?

Sizning qator mashhur qoʻshiqlaringiz muallifi Shamsiddin Sadoiy Zangiotadagi shifoxonaning reanimatsiya boʻlimida ogʻir ahvolda yotgan chogʻida shoirning turmush oʻrtogʻi Iqbol Ergasheva siz va boshqa sanʼatkorlarga yordam soʻrab murojaat qilgan edi. Bilishimizcha, hozir ham shoirning sogʻligʻida jiddiy muammolar bor. Qolaversa, uy-joyi yoʻqligi sabab yakkayu yagona 5 yashar oʻgʻli ham ular bilan yashamayotgan ekan. Aytingchi, oʻsha murojaatdan soʻng sizni mashhurlik darajasiga olib chiqqan qator qoʻshiqlaringiz muallifining holidan xabar oldingizmi? Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov javob berdi.
"Menga shu paytgacha Shamsiddin Sadoiyning birgina sheʼrini qoʻshiq qilish nasib qilgan. Ammo ularni yaxshi taniyman. Yaqinda xizmat safarida boʻlganimizda u kishining mazasi boʻlmay qoldi va biz ularni shifoxonaga yotqizdik. Lekin keyinchalik Shamsiddin Sadoiyda koronavirus ham aniqlandi. Shundan soʻng shoirni Zangiotadagi davlat shifoxonasiga joylashtirdik. Chunki oʻsha vaziyatda bu eng toʻgʻri yoʻl edi. Aynan mana shu kasalxona ixtisoslashtirilgan ushbu kasallikka.
Ularning ayollari esa xususiy shifoxonaga oʻtkazishni talab qildi.
Lekin xususiy kasalxonadan koʻra, davlat shifoxonasida davolanish koʻproq foydali boʻlayotganini tajribalar koʻrsatib turgani uchun biz bu narsadan oʻzimizni tiydik", dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring