Ozodbek Nazarbekov 7 yil ozodlikdan mahrum etilgan shaxs vazirlikka qanday ishga olinganiga izoh berdi

22:10 09 Noyabr 2020 Jamiyat
756 0

Muqaddam oʻgʻirlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilgan shaxsni vazirlik bosh hisobchisi lavozimiga siz ishga olganmisiz? Rahbar sifatida uning ish faoliyati haqida fikrlaringiz? Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov javob berdi.

“Yoʻq, bu lavozimga ushbu hisobchini men ishga olmaganman. Jinoyat ishi ochilgach, oʻsha kuniyoq uni yonimga chaqirib arizasini oldim. Bundan soʻng bu kabi ishlar boʻlmasligi uchun kadrlarni ishga olishda qattiq nazorat oʻrnatiladi”, dedi vazir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?