O‘zLiDeP Samarqand viloyat partiya tashkilotining XII Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

11:45 26 May 2023 Jamiyat
210 0

Ma’lumki, joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat hududiy partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi aynan saylov jarayoni bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga qaratildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda O‘zLiDePning XI S’yezdiga partiya viloyat tashkilotidan delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda mamlakatimizda “Davlat ham islohotlar ham avvalo insonga xizmat qilishi shart!” degan xaqiqiy xalqona siyosat amalda o‘z ijrosini topganligini, muhimi barcha sohalar mutlaqo yangicha islohot va o‘zgarishlar bilan qamrab olinganligini ta’kidladilar.

O‘z navbatida O‘zLiDeP bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekanligi qayd etildi.

Hozirda  viloyatda 119 ming 340 nafardan ziyod partiya a’zolarini o‘zida jamlagan 1368 ta partiya boshlang‘ich tashkiloti mavjud. O‘zLiDePning viloyatdagi tuzilmalari tomonidan bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda amalga oshirilayotgan barcha tashkiliy ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari belgilangan kalendar reja asosida olib borilmoqda.

Tadbirda siyosiy jarayonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini keng aholi orasida  targ‘ib qilish, partiya faollari sonini viloyatdagi faol yurtdoshlarimiz hisobidan yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil etish borasidagi galdagi vazifalar belgilab olindi.

Konferensiyada O‘zLiDeP Samarqand viloyat partiya tashkiloti Konferensiyasidan partiyaning XI S’yezdiga delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi va Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?