Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyaning birinchi kuni soʻngida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi

Foto: "Xalq so'zi"
Xalqaro konferensiya davomida sessiyalarda muhokama qilingan masalalar boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
- Pandemiya va global chaqiriqlar bizni eski yondashuvlarni qayta koʻrib chiqishga ruhlantirmoqda, fermerlar va agrobiznesni ragʻbatlantirish, shuningdek qishloq xoʻjaligini yuritishning yangi uslublari naqadar muhimligini isbotlayapti, – dedi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov. – Oʻzbekistonda agrooziq-ovqat tarmogʻini qayta tashkil etish jarayoni kechmoqda. Biz qishloq xoʻjaligining salohiyatini kuchaytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun jahonning yetakchi olimlarini jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Jahoda yanada yuqori sifatli oziq-ovqat bilan yanada koʻproq insonlar qamrab olinishini taʼminlanish uchun yangi yechimlar va innovatsiyalarni talab qilmoqda. Mana shular konferensiya muhokamasida asosiy oʻrinni egallamoqda va Samarqand deklaratsiyasining asosini tashkil qiladi.
Samarqand deklaratsiyasida ishtirokchi mamlakatlarning qishloq xoʻjaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qoʻllab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan optimal foydalangan holda rivojlantirish, aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning sogʻlom ovqatlanishiga koʻmaklashish, maktabda ovqatlanish kompleks dasturlarini joriy qilish, ayollarning agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasidagi ulushini oshirish uchun qishloq joylaridagi ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, davlat miqyosida kichik va oilaviy xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi maqsadlari qayd etildi.
Anjuman davomida bir qator xalqaro tashkilotlar rahbari va xorijiy davlatlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.
Taʼkidlash joizki, ushbu keng koʻlamli tadbirning aynan Oʻzbekistonda oʻtkazilishi dunyo jamoatchiligining eʼtibori yurtimizga, qadimiy Samarqandga yana bir bor qaratilishiga xizmat qiladi.
Konferensiya 8-sentyabr kuni oʻz ishini davom ettiradi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Foto: Hasan Paydoyev, Yunus Boʻriyev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring