“Oʻzgidromet” kuchli yogʻingarchilik boʻlishi yuzasidan shoshilinch axborot eʼlon qildi

11:21 09 Dekabr 2021 Jamiyat
618 0

Joriy yilning 12-15 dekabrida Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, soʻngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) boʻladi.

Togʻ va togʻ oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yogʻingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika boʻyicha havo haroratini meʼyordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, baʼzi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?