“Oʻzgidromet” 4 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishidan ogohlantirdi
“Oʻzgidromet” respublikaning 4 ta viloyatidagi togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda agentlik direktori Sherzod Habibullayev maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 23−26-iyul kunlari kutilayotgan yomgʻir yogʻishi sababli Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini kuzatilishi xavfi bor.
Hududlar:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring