Oʻzganing nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs javobgarlikka tortildi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yashovchi fuqarolar Q.R.(erkak) va I.A. (erkak)lar ariza bilan murojaat qilib, ularning nomlariga “nomaʼlum shaxs” tomonidan kredit mablagʻlari rasmiylashtirib olinganligini maʼlum qilganlar.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 36 yoshli D.S. (erkak) sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, D.S., Q.R. va I.A.ning nomlariga ATB “Mikrokredit bank” Gʻallaorol tuman filiali orqali “quyonchilik” uchun har biriga 25 mln. soʻmdan kredit mablagʻlarini rasmiylashtirib olingani maʼlum boʻldi.
Jinoyat sodir etgan D.S. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, D.S. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring