“Oʻzeltexsanoat” AK Rossiya kompaniyasi bilan tibbiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 10,0 mln. AQSH dollari teng boʻlgan yangi loyihani amalga oshiradi

12:25 19 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
1556 0

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ilk bor “Oʻzbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi oʻtkazildi.

Forum doirasida Oʻzbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari, jumladan 2019-2024 yillarda Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida elektrotexnika sanoati yoʻnalishidagi memorandum imzolandi.

Forum doirasida “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Rossiyaning nufuzli kompaniyalari oʻrtasida 4 ta kelishuv hamda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar oʻrtasida kabel-oʻtkazgich mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha umumiy qiymati 10 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

Dastavval Rossiyaning “Cheboksar elektroapparat zavodi” AJ bilan “Oʻzbekiston Respublikasida yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan chastotali oʻtkazgichhamda yuqori voltli elektr dvigatellarni yengil ishga tushirish qurilmalari ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlsa, “Meditsinskiye texnologii Ltd” AJ hamda “S.P.Gelpik” MCHJ bilan “Oʻzbekiston Respublikasida yuqori texnologiyali raqamli tibbiy rentgen diagnostika asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish”, “Nura Invest” MCHJ bilan “Akkumlyator batareyalar ishlab chiqarishni tashkil etish”, shuningdek “Indastrial Xolding” MCHJ bilan “Oʻzbekiston Respublikasida zamonaviy kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalari doirasida ikki tomonlama memorandumlar imzolandi.

Shuni taʼkidlash joizki, “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Andijonkabel” AJ QK va “Tashelektroapparat” MCHJ qoʻshma korxonalari Rossiya kompaniyalari investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Oʻtgan 2017 yil yakuni boʻyicha Rossiya davlatiga eksport hajmi 21,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning 9 oyi davomida umumiy qiymati 14,4 mln. dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi. Kelgusi 2019 yilda eksport hajmini 1,5 barobarga oshirish koʻzda tutilgan.

“Meditsinskiye texnologii LTD” AJ Prezidenti Anatoliy Dabagovning taʼkidlashicha, “Oʻzeltexsanoat” AK bilan yuqori texnologiyali raqamli rentgen-diagnostika asbob-uskunalarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihaga kelishib olgan. Rossiya Oʻzbekiston tibbiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan har qanday tashabbusni qoʻllab-quvvatlash va hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirgan. Ushbu loyiha 2019-2021 yillar davomida qoʻshma korxona koʻrinishida tashkil etiladi va bu maqsadlar uchun 10,0 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar kiritish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер