“Oʻzekspomarkaz”da davolanayotgan koronavirusga chalingan bemorlar Zangiotaga koʻchiriladi

13:18 12 Dekabr 2020 Jamiyat
616 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova maʼlum qildi.

"2020-yil 11-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 811 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sogʻayganlar jami 72084 nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Toshkent shahrida epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotgani inobatga olinib, koronavirusga chalingan va gumon qilingan bemorlarga muolaja uzluksizligini taʼminlash va infeksiyaga qarshi kurashga ixtisoslashgan kuchlarning tarqoqligiga barham berish maqsadida “Oʻzekspomarkaz”ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markazi va “Universal” sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish toʻxtatildi.

Bu muassasalarda davolanayotgan bemorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonalariga koʻchiriladi. 

Vaqtinchalik shifoxonalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan mehnat shartnomalari tegishli tartibda bekor qilinib, ular avvalgi ish joylariga qaytariladi.

Hozirda mamlakatimizda pandemiya xavfi nisbatan kamaygani tufayli koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shugʻullanadigan 159 ta tibbiyot muassasasidan faqat 32 tasi faoliyat yuritmoqda", deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер