Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan ekin yer maydonlari aniqlandi

19:17 01 Fevral 2023 Jamiyat
652 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.A. “F.X.” fermer xoʻjaligining sugʻoriladigan ekin yer maydonining 20 sotixini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, jami 98 metr kv. suvli yer maydonida 5 xonali uy-joy qurilishini amalga oshirayotganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.O. "Joʻyrabod” MFYdagi “R.J.” fermer xoʻjaligiga qarashli yuqori bonitetli sugʻoriladigan yer maydonining 7 sotixini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda chorvaga moʻljallangan bino qurganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?