«Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari vafot etdi

17:17 03 Avgust 2020 Jamiyat
536 0

Uzoq yillar «Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Neʼmat Abdullayev vafot etdi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi jamoasi shu munosabat bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirdi.

“Neʼmat Zokirovich Abdullayev 1946-yilda tavallud topgan. U 1994-2005-yillarda «Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. N.Z.Abdullayev 2020-yilning 2-avgust kuni dunyodan koʻz yumdi. Neʼmat Zokirovich oʻz davrida Oʻzbekistonda turizm sohasi rivojiga oʻchmas hissa qoʻshgan. U hamkasblari xotirasida hamisha shijoatli, jonkuyar, samimiy inson sifatida muhrlanib qoladi” deyiladi qoʻmitaning taʼziya xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?