“Oʻzbekneftgaz“dan 1,5 mingdan ortiq fuqarolar foydasiga 5 milliardga yaqin ish haqi undirib berildi

16:30 18 May 2021 Iqtisodiyot
651 0

Ishchi-xodimlarning 5 mlrd. soʻmlik ish haqlari undirib berildi deya xabar bermoqda MIB Axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman boʻlimi ish yurituvida FIB Mirobod tumanlararo sudining hal qiluv qarori asosida berilgan ijro varaqa hamda sud qarorlariga asosan qarzdor “Oʻzbekneftgaz“ AJ dan 1.500 dan ortiq undiruvchi fuqarolar foydasiga jami 5 mlrd.ga yaqin oylik ish haqi undirish haqidagi ijro ishlari kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratish yuzasidan majburiy ijro choralari koʻrilgan va natijada ishchi-xodimlarning toʻlanmasdan qolgan 5 mlrd. soʻmlik ish haqlari undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?