«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti lavozimiga tayinlandi

12:56 02 Mart 2021 Sport
1973 0

“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda klub moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ushbu yigʻilishda, Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham koʻrib chiqildi va nafaqat Oʻzbekistonda, balki Osiyoda ham oʻz nomi va oʻrniga ega boʻlgan “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida oʻzgarish roʻy berdi.

«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot oʻrnida, Mehriddin Abdullayev 1969-yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?