Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi aviareyslar bilan bogʻliq soxta xabarlarga javob berdi

2020-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda anonim foydalanuvchilari tomonidan bir muddat oldin diplomatik vakolatxonaning rasmiy saytida berilgan 2020-yil mart oyiga rejalashtirilgan aviareyslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yolgʻon degan feyk xabarlarni rad etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Elchixona yana bir bor Koreya Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga shuni taʼkidladiki, aviaqatnovlar hech qanday oʻzgarishsiz quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
8-mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan (uchish vaqti 22:50 da);
15-mart kuni – “Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan;
22-mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
29-mart kuni –“Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan.
“Hurmatli vatandoshlar, Sizdan har xil yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasligingizni va savollar tugʻilgan taqdirda “Uzbekistan Airways” AJning Seul shahridagi vakolatxonasiga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz (+82 10-8718-6850)”, – deyiladi Elchixonaning rasmiy internet-resurslarida joylashtirilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring