Oʻzbekistonning turizm salohiyati “BBC World News Eurasia” kanallarida targʻib qilinadi

Foto: Халқ сўзи
30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov “BBC World News Eurasia” telekanali tijorat xizmati rahbari, “Ipak yoʻlida turizm – 2022” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi maʼruzachisi S.Stanovkinni qabul qildi.
Maʼlumot uchun: “BBC” (British Broadcasting Corporation) - Buyuk Britaniyaning ijtimoiy radioeshittirish korporatsiyasi boʻlib, 1927-yilda Londonda tashkil etilgan. Dastlab radioeshittirishlar 5 ta yoʻnalishda (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) olib borilgan boʻlsa, 1936-yilga kelib telekoʻrsatuvlar ommaviy va madaniy-maʼrifiy sohalarda efirga uzatila boshlandi.
BBC kuniga 24 soat (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tillarda eshittirishlar olib boradi va 23 000 xodimi bilan dunyodagi eng yirik yangiliklar teleradiokompaniyasi hisoblanadi.
Uchrashuvdan asosiy koʻzlangan maqsad, Oʻzbekistonning xorijdagi nufuzini mustahkamlash va mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijlik sayyohlar sonini oshirishdan iborat.
Muzokara davomida yuqori martabali mehmonga soʻnggi yillarda mamlakat miqyosida turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yaratilgan yangi turizm obyektlari, dam olish maskanlari, gastronomiya haqida keng maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida BBC World News media korporatsiyasining eng nufuzli xalqaro auditoriyalarga ega kanallarida Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga doir keng koʻlamli targʻibot kompaniyasini davom ettirish maqsadida “BBC bilan sayohat” maxsus PR kommunikatsion loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2022-yilda BBC World News media korporatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati haqida videoroliklar tayyorlangan hamda korporatsiya telekanallarida va veb saytlarida koʻp marotaba namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring