Oʻzbekistonning togʻli va sharqiy hududlarida 26-noyabr kuni yomgʻir yogʻadi

01:28 26 Noyabr 2021 Jamiyat
458 0

“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 26-noyabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 7–9 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir qorga aylanishi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim hududlarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2–3 daraja sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?